Husanov, yaxshi bor! “Manchester Siti” 12 nafar futbolchisini kuzatdi

  • 29 may, 00:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning aksariyat ligalarida navbatdagi mavsum yakunlandi. Jahon futbolida klublar miqyosida bir necha xalqaro finallar qoldi xolos.

Tecno

Shuningdek, bir necha kuchli jamoalar 15 iyundan FIFA shafe’ligida tashkil etiladigan yangi formatdagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini boshlaydi.  

Bu musobaqalardan chetda qolayotgan klublar o‘yinchilariga qisqa muddatli hordiq berdi. Ammo hammada ham dam olish imkoni yo‘q. O‘z mamlakatlarining turli terma jamoalariga jalb qilingan mahoratli o‘yinchilar iyun oyidagi FIFA kunlarida xalqaro yig‘inlar va uchrashuvlarda ishtirok etib, ikki hafta davomida o‘z vatani oldidagi burchini bajarib kelishi kerak.

Angliya futboli, xususan, “Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan cityxtra.co.uk portali “shaharliklar” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan oldin 12 nafar futbolchisini kuzatib qo‘ydi.

- Xosep Gvradiola jamoasining bir necha o‘yinchilarida hordiq chiqarishga vaqt yo‘q, chunki o‘z ichiga muhim uchrashuvlarni olgan xalqaro musobaqalar boshlanmoqda.

O‘zi uchun murakkab va uzoq davom etgan mashaqqatli mavsumni yakunlab olgan “Manchester Siti” yana bir necha kundan keyin yangi musobaqaga kirishadi. Xalqaro uchrashuvlardan keyin Gvardiola va uning shogirdlari oxirgi yozgi turnirni boshlaydi.

Ungacha ikki hafta davomida terma jamoalar 2026 yilgi jahon chempionatining mintaqaviy saralash turnirlari, UEFA Millatlar ligasi yarim final va final bosqichlari doirasidagi rasmiy uchrashuvlar, xalqaro o‘rtoqlik  o‘yinlarida qatnashadi.

“Manchester Siti” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati eski formatning so‘nggi g‘olibi sifatda boshlaydi. Manchesterliklar 2023 yili Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan turnirda zafar quchgan edi. Gvardiola shogirdlari AQShdagi yangicha musobaqada Italiyaning “Yuventus”, “Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” va Marokashning “Vidad” jamoalari bilan bir guruhda bellashadi.

Ungacha “Manchester Siti” o‘z yurtidan chaqiruv olgan quyidagi o‘yinchilarni terma jamoalarga yubordi.

Belgiya: Kevin De Bryuyne, Jeremi Doku

Shimoliy Makedoniya — Belgiya, 06.06,  2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

Belgiya — Uels, 06.09,  2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

Xorvatiya: Yoshko Gvardiol, Mateo Kovachich

Gibraltar — Xorvatiya, 06.06,  2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

Xorvatiya — Chexiya, 06.09,  2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

Angliya: Kayl Uoker

Andorra — Angliya, 07.06, 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

Angliya — Senegal, 10.06, xalqaro o‘rtoqlik o‘yini

Niderlandiya: Natan Ake

Finlyandiya — Niderlandiya, 07.06, 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

Niderlandiya — Malta, 10.06, 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

Norvegiya: Oskar Bobb, Erling Xolind

Norvegiya — Italiya, 06.06, 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

Estoniya — Norvegiya, 06.09, 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

Portugaliya: Ruben Diash, Bernardu Silva

Germaniya — Portugaliya, 06.04, UEFA Millatlar ligasi yarim finali

Shveytsariya: Manuel Akanji

Meksika — Shveytsariya, 06.07, xalqaro o‘rtoqlik o‘yini

O‘zbekiston: Abduqodir Husanov

Birlashgan Arab Amirliklari — O‘zbekiston, 06.05, 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

O‘zbekiston  — Qatar, 06.10,  2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri.

“Manchester Siti” asosiy tarkibidan o‘n bir nafar o‘yinchiga o‘z mamlakatlari terma jamoalari murabbiylar shtabidan takliflar kelmadi. Xususan, jamoa darvozabonlari Ederson (Braziliya) va Stefan Ortega Moreno (Germaniya) chorlovsiz qoldi.

Braziliya terma jamoasi qishda “Etihad”ga ko‘chib o‘tgan Vitor Reys “Siti”da dbyut qilganiga qaramay, yosh iste’dod egasiga e’tibor qaratmadi. Portugaliya terma jamoasida Mateus Nunesga, Angliyada Niko O’Reyliga joy topilmadi.

Yarim himoyachilardan Klaudio Echeverri (Argentina), Niko Gonsales  va Rodri (Ispaniya) kutgan taklif ham kelmadi. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Fil Fodenning ruhiy va jismoniy holatini inobatga olib, xalqaro uchrashuvlarga jalb qilmaslik haqidagi so‘rovni qabul qildi.

Hujumkor futbolchilardan Savinoni Braziliyaga, Jek Grilishni Angliya terma jamoasiga chaqirishgani yo‘q.

Angliya U-21 terma jamoasi bu yoz yoshlar o‘rtasidagi Evropa chempionatida ishtirok etadi. “Shaharliklar”dan  Riko Lyuis va Jeyms Makeyti ana shu termaga jalb qilinishi mumkin. Biroq Xosep Gvardiola bu o‘yinchilar klublarlar o‘rtasidagi jahon chempionati davomida jamoaga kerak bo‘lib qolishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, Misr terma jamoasi bu galgi FIFA kunlarida o‘yin o‘tkazmaydi va shu sababli Umar Marmush ikki hafta davomida dam olish imkoniga ega bo‘ldi. Angliyaliklardan Jon Stounz jarohati, darvozabon Skott Karson hamda germaniyalik Ilkay Gyundog‘an xalqaro faoliyatini yakunlagani bois, terma jamoadan chaqiruv olmadi, - deb yozmoqda cityxtra.co.uk portali eksperti Freddi Pay.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning 11 iyunida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut uchrashuvini o‘tkazgan va hozirgacha xalqaro maydonda jami yigirmata bellashuvda maydonga tushdi.

Rossiya O‘zbekistonga qarshi o‘yinga kuchli tarkib tanladi!

Bunaqasi bo‘lmagan: Husanov, Shomurodov va Fayzullaev haqida!
“Siti” Husanovni ijaraga bersa ham, faqat top-klubga jo‘natadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
29/05/2025 09:13
Хусанов уйланяптию, тойи утди. Сити хабардорми узи?