
Humoyun Sultonov Belgiyada o‘tkazilgan ikki nufuzli musobaqaning vitse-chempioniga aylandi
Belgiya poytaxti Bryussel shahrida M25 toifasiga kiruvchi erkaklar o‘rtasida xalqaro tennis turniri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu turnir mukofotdan tashqari ATP reytingi uchun ochkolar ham taqdim etishi bilan ahamiyatli edi. Unda mamlakatimizning birinchi raqamli raketkasi Humoyun Sultonov muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sovrin jamg‘armasi 25.000 AQSh dolllarini tashkil etgam ushbu turdirda tennischimiz finalga qadar etib bordi.
Hal qiluvchi bahsda unga niderlandiyalik tennischi Maksim Xaukes raqiblik qildi. Uchrashuv 3 set davom etdi, faqat 1ta setda vakilimizning qo‘li balanad keldi. Keyingi ikki setda omad niderlandiya vakili tomonida bo‘ldi. 7:,5, 1:6, 1:6 ATP reytingida ular quyidagilarni egallab turibdi: Sultonov 309, Xaukes 410 Sultonov musobaqaning vitse-chempioniga aylandi.
Ma’lumot uchun, Humoyun Sultonov Belgiyada o‘tkazilgan ikki nufuzli musobaqaning vitse-chempioniga aylandi va o‘zi uchun qimmatli bo‘lgan ATP reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar