
Here we go! Ugo Loris "Los-Anjeles" futbolchisi
Fabritsio Romano ma’lum qilishicha, Ugo Loris faoliyatini MLSda davom ettiradi. Uni "Los-Anjeles" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olish arafasida.
Amerika klubi frantsuz bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi. Tomonlar kelishuvga erishib bo‘lgan. Loris 11 yildan keyin "Tottenxem"ni tark etmoqda. U "Los-Anjeles" safiga erkin agent sifatida qo‘shilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Loris 2012 yildan beri "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub tarkibida so‘nggi marta 23 aprel kuni "Nyukasl"dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatda maydonga tushgan.
Fikrlar