
Here we go! Niko Gonsales "Manchester Siti" futbolchisi
"Manchester Siti" qishdagi faoligini davom ettirgan holda, yana bir yosh talantli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish arafasida turibdi. "Portu"ning 22 yoshli tayanch yarim himoyachisi Niko Gonsales manchesterliklar tarkibiga borib qo‘shiladigan bo‘ldi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar kelishuvga erishdi. Ispan uchun tovon puli bo‘lgan 60 million evroni "shaharliklar" to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu transferdan tushgan pullarning 40 foizini "Barselona" qo‘lga kiritadi. Sababi, 2023 yilda tuzilgan bitimda shu band ham bor edi.
Niko "Barsa" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2023 yilda jamoani tark etadi. "Portu" safiga borib qo‘shilgan yarim himoyachi oradan bir yarim yil o‘tib, "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tmoqda.
Fikrlar