Harri Keynda Ronaldu va Xoland nomini tarixdan o‘chirish uchun bittagina o‘yin bor

  • 22 sentabr, 06:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”da samarali o‘yin ko‘rsatayotgan angliyalik forvard Harri Keyn Evropaning “top-5” ligalarida mutlaq rekord o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tecno

Bundesliganing to‘rtinchi turida “Xoffenxaym” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan hujumchi, myunxenliklar tarkibidagi gollari sonini 98 taga etkazib oldi. Harri Keyn bu ko‘rsatkichga erishishi uchun 103 ta uchrashuv kifoya qildi.

“Top-5” ligalarida gol urish bo‘yicha yuzlik marrani eng tez zabt etgan futbolchilar Krishtianu Ronaldu va Erling Xoland hisoblanadi. Har ikkisi top-ligalarda dastlabki 100 ta golini urish uchun 105 tadan uchrashuvda maydonga tushishiga to‘g‘ri kelgan.

Bu marraga etish uchun Keynga ikkita gol kerak bo‘ladi. Buning uchun mohir forvard 29 sentyab kuni “Verder” bilan bo‘ladigan bahsda ikkita gol urishi talab etiladi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!