Harri Keyn Xollandning izidan ketmoqda...
- 16-апрел, 07:02
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn Yevropa Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida “Real” darvozasini ishgʻol qilib, mavsumdagi gollari sonini 50 taga yetkazib oldi.
Keyngacha bir mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta gol urishni shu paytgacha faqat Erling Holand uddalagan edi.
Norvegiyalik hujumchi 2022-2023 yildgi mavsumda “Manchester Siti” safida raqiblar darvozasiga jami 52 ta gol urgan.
Shundan beri bunday natija hech qaysi futbolchi tomonidan qayd etilmagan.
Agar “Bavariya” Chempionlar ligasida keyingi bosqichga chiqqani va Bundesliga oʻyinlari davom etayotganini inobatga olsak, Harri Keynda Erling Holand rekordini toʻliq yangilash imkoniyati borligi oydinlashadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q