
Har doim futbol eng muhim narsa bo‘lolmaydi
Angliya terma jamoasi hujumchisi Rahim Sterling Londondagi uyida sodir etilgan o‘g‘rilikdan keyin oilasidan xabar olish uchun Qatardan ketgani haqida xabar berilgandi.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bu ma’lumotlarni tasdiqladi.
- Sterling jahon chempionatida yana o‘ynaydimi yoki yo‘q, haqiqatan buni bilmayman. Mudhish voqeadan so‘ng, ma’lum muddat oilasi bilan birga bo‘lishi kerak. Hozirgi sharoitda unga biror bosim o‘tkazmoqchi emasman.
Ba’zan futbol eng muhim narsa bo‘lolmaydi, oila doimo birinchi o‘rinda. Hozir Rahimning asosiy vazifasi oilasi birga bo‘lish. Unga qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha imkoniyat beramiz, - dedi Garet Sautgeyt.
Manbalarning ta’kidlashicha, Rahim Sterling vaziyatga qarab, Qatardagi jahon chempionatiga qaytib kelishi mumkin.
Ma’lumki, bu Angliya terma jamoasida ana shunday ikkinchi holat. Avvalroq, “Arsenal” himoyachisi Ben Uayt oilaviy sabablarga ko‘ra, uyiga qaytib ketgandi.
Fikrlar