Hamyurtimiz Osiyo chempioniga aylandi

BEPUL PROPAN

Yanina Kuskova - Osiyo chempioni bo‘ldi.

Tailandning Pxitsanulok provintsiyasida o‘tkazilayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida ayollar o‘rtasidagi individual vaqt poygasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston sharafini milliy terma jamoa a’zosi, tajribali Yanina Kuskova himoya qildi.

Quvonchlisi, hamyurtimiz mazkur dasturda eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalga ega chiqdi.

Yanina Kuskova — 42:50.566 (O‘zbekiston)
Safiya Al Saeh — 43:50.463 (BAA)
Tsuyaka Uchino — 44:03.610 (Yaponiya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
10/02/2025 21:32
Zo‘r. Omadini bersin.