
Habib Nurmegomedov o‘zidan zo‘r jangchi kimligini aytdi
Engil vaznda UFC chempioni sifatida katta sportni tark etgan Habib Nurmagomedov aralash jang san’atlari olamida o‘zidan yuqori saviyali jangchi borligini va bu Genri Sexudo ekanini aytdi.
- Rostini aytsam, sen sportchi sifatida mendan saviya borasida ustunsan, - dedi Habib Nurmagomedov Genri Sexudoga. – Sababini bilasanmi? Bu Olimpiya o‘yinlari oltin medali tufayli shunday. Chunki bu boshqa daraja. Bu boks, kurash kabi yakkakurash turlari bilan shug‘ullanayotgan har bir sportchining orzusi.
Genri Sexudo 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida erkin kurash bo‘yicha 55 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini engib, chempion bo‘lgan. Aralash jang san’atlari bo‘yicha 18 ta jang o‘tkazib, shulardan 16 tasini o‘z foydasiga hal qilgan.
Habib Nurmagomedov esa MMA da 29 ta jang o‘tkazib, shularning barchasida zafar quchgan.
Fikrlar