
Habib Nurmagomedov: "UFC hali bunday to‘qnashuv guvohiga aylanmagan"
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov UFC 280 turnirining asosiy qarama-qarshiligi Islom Mahachev hamda Charlz Oliveyra to‘qnashuvi haqida fikr bildirdi.
"Taxminan 90 kun vaqtimiz bor. MMA muxlisi sifatida shuni aytmoqchimanki, bu yilning eng uzoq kutilgan jangi bo‘ladi. 10 ta g‘alabaga ega sportchining raqibi 11 bor zafar quchgan. Menimcha, UFC hali bunday to‘qnashuv guvohiga aylanmagan.
Mening Toni Fergyusonga qarshi jangimda shu kabi holat sodir bo‘lishi mumkin edi. Biroq o‘xshamadi. Endi Islom Charlzga qarshi oktagonga ko‘tarilmoqda. Bu orzudagi jang bo‘ladi",-dedi Nurmagomedov.
Mahachev - Oliveyra to‘qnashuvi engil vazndagi chempionlik kamari uchun 22 oktyabr kuni Abu-Dabida o‘tkaziladi.
Fikrlar