
Gvardiola tufayli “Siti”ning katta transferi barbod bo‘ldi
“Manchester Siti” rahbariyati klub bilan xayrlashgan Kevin de Bryuyne o‘rniga “Bayer” pleymeykeri Florian Virtsni olib kelishni rejalashtirib qo‘ygan edi.
22 yoshli futbolchi ayni paytda o‘ziga xaridor bo‘lgan klublar bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Virts agentlari orqali avval “Bavariya”ga, keyin “Manchester Siti”ga rad javobini berdi.
Bild nashrining yozishicha, iste’dodli futbolchining “shaharliklar” jamoasiga o‘tmasligiga Xosep Gvardiolaning shartnomasi muddati sabab bo‘lgan. Aslida Virts ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘p tepishga jiddiy qiziqish bildirgan.
Biroq Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgani va murabbiy intervyulardan birida bu muddat yakunlangach, klubni tark etishini aytgani Virtsning tanloviga ta’sir o‘tkazdi.
Florian Virts ayni paytda Arne Slot boshqarayotgan “Liverpul” loyihasini o‘ziga eng mosi va barqarori, deb hisoblamoqda. Futbolchi mersisaydliklarning taklifini qabul qilishga yaqin turibdi.
Fikrlar