
Gvardiola “Siti”ni kimga topshirishini aytdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda jamoani qaysi mutaxassis boshqarishini aytdi.
-Vaqti kelib, Vensan Kompani “Manchester Siti” bosh murabbiyi bo‘ladi. Taqdirida shunday yozilgan bo‘lsa, bu amalga oshishi kerak. Ertami kechmi, baribir Vensan “Manchester Siti”ni boshqaradi. Qachonligini bilmayman. Men u bilan gaplashganim yo‘q. Lekin Kompani bu klubni juda yaxshi biladi, - dedi Xosep Gvardiola.
52 yoshli ispaniyalik mutaxassis “shaharliklar”ga 2016 yilning yozidan beri ustozlik qilmoqda.36 yoshli Vensan Kompani esa, “Byornli” bosh murabbiyi hisoblanadi.
Angliya kubogining chorak finalida “Manchester Siti” va “Byornli” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
Fikrlar