
Gvardiola "Siti"ga zo‘r hujumchi topdi!
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala klub bilan shartnomasini uzaytirmasa, yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, argentinalik hujumchiga Angliya premer-ligasi grandidan jiddiy qiziqish mavjud. Aniqrog‘i, Pauloni "Manchester Siti" o‘z safida ko‘rmoqchi. “Shaharliklar” Dibalaga yiliga o‘n million evro maosh oladigan foydali shartnoma taklif qilishga tayyor. Uni shaxsan "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola tarkibda ko‘rishni xohlamoqda.
Avvalroq Dibala "Liverpul" bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aytishlaricha, futbolchi ushbu transfer bo‘yicha oldindan rozilik bergan.
Fikrlar