
Gvardiola "Siti"ga "Real" etakchisini olib kelmoqchi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich "Manchester Siti"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
El Nacional nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "shaharliklar" 36 yoshli xorvatiyalik futbolchini 2022 yilning yozida, ya’ni uning “qirollik klubi” bilan shartnomasi yakunlangach erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Aytishlaricha, Modrichni shahsan "Siti" ustozi Xosep Gvardiola o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Modrich joriy mavsum “Real” safida 1 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar