
Gvardiola qimmatbaho vunderkindga xaridor
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yangi mavsum oldidan jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
“Shaharliklar” transfer mavsumi ochilishi bilan “Sporting” tarkibida Portugaliya chempioni bo‘lgan Nunu Mendeshni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Mendeshni qo‘lga kiritish uchun manchesterliklar 52 million funtdan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Gvardiolaning qaroriga ko‘ra, Mendesh yozda transferga qo‘yiladigan Benjamin Mendining o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi.
Mendeshning “Sporting” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha imzolangan.
Fikrlar