Gvardiola Manchester derbisidan oldin katta gapirib qo‘ydi

  • 14 sentabr, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuv oldidan maqtandi.

Tecno

- Men “Manchester Siti”ga kelganimdan beri biz har doim “Manchester Yunayted”dan kuchli bo‘lganmiz. Har doim. Oxirgi o‘n yildan to‘qqiz yilida biz doim kuchlilik qildik. O‘zaro uchrashuvlarda juda ko‘p ochko qo‘lga kiritganmiz.

“Yunayted” bizni yutib qo‘yishi mumkinmi? Ha, mumkin. Lekin biz bo‘lajak o‘yinda yutqazishni istaymizmi? Yo‘q, albatta.

Chunki bizga ochkolar kerak, ikkita mag‘lubiyatdan iborat seriyaga chek qo‘yish shart va bunga erishish juda muhim, - dedi Xosep Gvardiola.

“Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi uchrashuv 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!