
Gvardiola Madridning eng qimmat futbolchisini kutyapti
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z shogirdlari orasida “Atletiko”ning hujumkor futbolchisi Joau Feliksni ko‘rmoqchi.
Aslida “shaharliklar” rahbariyati Joau Feliks “Benfika”da o‘ynab yurgan kezlari uni olib kelishni rejalashtirgan edi. Biroq, portugaliyaliklar yosh futbolchini “Atletiko”ga 126 million evro evaziga transfer qilib yubordi.
Shunga qaramay, “Manchester Siti” skautlari Feliksning Madriddagi faoliyatini tinimsiz kuzatib turibdi. “Shaharliklar” rahbariyati Xlsep Gvardiola Joau Feliksni Erling Xoland va Kilian Mbappe darajasiga olib chiqib, yangi davrning eng kuchli futbolchisiga aylantirishiga ishonch bildirmoqda.
Joau Feliksning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilganini inobatga olib, “shaharliklar” bu transfer uchun katta xarajat qilishlariga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar