Gvardiola: "Kevin yana bir muhim golni urdi"

  • 3 may, 10:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 35-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Vulverxempton" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin "shaharliklar"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bellashuvdagi yagona golni esa 35-daqiqada Kevin de Bryuyne o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Bahsdan so‘ng Xosep Gvardiola Kevin De Bryuynening g‘alaba golini kiritgani haqida fikr bildirdi. 

"Kevin yana bir muhim golni urdi. Men unga faqat eng yaxshisini tilayman. Bu yillar davomida usiz jamoani boshqarish imkonsiz edi. De Bryuyne - aql bovar qilmaydigan darajada kuchli futbolchi", - deya ispaniyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi "Sky Sports".

Gvardiola shogirdlari ketma-ket beshinchi o‘yinda g‘alaba qozonib, APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. "Manchester Siti" hisobida 64 ochko bor. 

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Abduqodir Husanov mazkur o‘yin uchun umumiy qaydnomadan ham joy olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!