
Gvardiola Husanovning jamoadagi o‘rni haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Ruben Diash – Jon Stounz juftligining ahamiyati haqida gapirdi.
"Ha, ular juda muhim. Lekin Yoshko Gvardiol, Akanji, Natan Ake va Abduqodir Husanov ham jamoa uchun birdek ahamiyatli!" — dedi murabbiy.
Shuningdek, Gvardiola yangi mavsum oldidan asosiy talabini ham oshkor qildi:
"Mavsum boshida mening yagona istagim — jamoa sog‘lom bo‘lishi. Jarohatlar, albatta, bo‘ladi, ammo o‘tgan mavsumdagidek ko‘payib ketmasligi kerak. Futbolchilarning maydonga tushib, raqobat qilishi men uchun eng muhim narsa", — deya ta’kidlab o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar