
"Gvardiola futbolda menga istagan barcha narsani berdi"
"Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Pep Gvardiola haqida gapirdi.
"Bu juda ajoyib edi. Aytishim mumkinki, bu shunchaki murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlardan ko‘proq narsa edi. U menga futbolda xohlagan hamma narsamni berdi. Undan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Pep mening kareramga ham juda katta ta’sir ko‘rsatgan va menimcha, usiz bunday natijalarga erishmagan bo‘lar edim. Gvardiola eng yaxshi murabbiy va bu gapni "Manchester Siti"dagi istalgan futbolchi aytgan bo‘lar edi. Barchasi uchun undan minnatdorman", deydi - germaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Ilkay Gyundogan hozirgi paytda Turkiyaning "Galatasaroy" klubi sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar