
Gvardiola: Biz Fodenni 500 million evroga ham sotmaymiz
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 19 yoshli yarim himoyachi Fil Foden haqida fikr bildirib, uni bebaxo deb atab o‘tdi.
"Biz Fodenga shunchaki yangi shartnoma taklif qilmadik. Bu tarkibimizdagi yagona sotilmaydigan futbolchi. Uni 500 million evroga ham sotmaymiz. U "Siti"dan ketmaydi, sotilmaydi.
David Silva klubdan ketganidan keyin Foden bizning yangi sehrgarimiz bo‘ladi," - deydi Gvardiola.
Fikrlar