Gulnoza Matniyazova professional sportchilik faoliyatini yakunladi

  • 4 avgust, 2024, 17:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng mahoratli dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova professional sportchilik faoliyatini rasman yakunlaganini e’lon qildi. Bir necha kundan so‘ng 30 yoshni qarshi oladigan sportchimiz Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari, 3 ta Osiyo o‘yinlari, jahon chempionatlari, “Katta dubulg‘a” va Gran-pri musobaqalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Kecha Olimpiya o‘yinlari doirasida aralash jamoaviy dasturda 3 ta terma jamoa vakillariga qarshi bahsda barcha bellashuvlarda g‘alaba qozondi va sportchilik faoliyatini yuqori notada yakunladi. Uning xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etilib, 2021 yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Yurtimizda ayollar dzyudosining yangi bosqichga ko‘tarilishida Matniyazovaning ham ulkan hissasi bor. Zero, aynan Gulnozaga havas qilgan yuzlab qizaloqlar dzyudo sportini tanlashdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!