
Gulnora Saidova Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi etib saylandi
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) rahbariyati tarkibida o‘zgarish amalga oshirildi.
Biz uchun quvonarlisi, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi Gulnora Saidova endilikda FIE da ham ushbu lavozimda faoliyat olib boradigan bo‘ldi. O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining ma’lum qilishicha, FIE Bosh kotibligiga ilk bor ayol kishi saylanmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni damda Alisher Usmonov FIE prezidenti hisoblanadi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovda hamyurtimiz g‘alaba qozondi va yangi muddatda ham tashkilotga rahbarlik qiladigan bo‘lgandi.
Fikrlar