Grizmann: "Jamoadoshlarim menga hasad qilishadi"

  • 12 fevral, 2020, 11:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

France Football «Barselona» hujumchisi Antuan Grizmannning so‘zlarini bosib chiqdi. Nashrning yozishicha Kataloniya klubi o‘yinchilari unga hasad qilishar ekan.
«Ular meni mag‘lub eta olishmaydi. Men taslim bo‘lmayman. Ha, ular menga hasad qilishadi. (JCh 2018da g‘olib bo‘lganim uchun) Eng yaxshi yo‘li shunchaki jilmayib qo‘yish»,degan Grizmann.  France Football nashri bu so‘zlarni Grizmann yaqinlari bilan suhbatda aytganini ta’kidlamoqda.

Tecno

Kataloniyaga tegishli bo‘lgan nashr esa frantsuz gazetasi keltirgan so‘zlar ishonchsiz ekanligini hamda Grizmann ular bilan bog‘lanmaganini, futbolchi jamoadoshlari bilan kelishmovchilikka bormaganini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz Grizmann transferiga «Inter Mayami» xo‘jayini Devid Bekxem ham qiziqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!