Grizmann Gvardiolaga qo‘ng‘iroq qildi

  • 11 iyul, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga aloqaga chiqdi.

Tecno

Manbalarning ma’lumot berishicha, frantsiyalik hujumchi “shaharliklar” ustozi bilan transfer masalasini muhokama qilgan.

Ma’lumki, “Barselona” yuqori maosh oladigan futbolchilarning bir qismi bilan xayrlashmoqchi. Klubdan ketishi kerak bo‘lganlar orasida Antuan Grizmann ham bor.

“Manchester Siti” esa asosiy nishoni Harri Keynni qo‘lga kirita olmayapti. “Tottenxem” bu hujumchi uchun taklif etilgan 100 million funtni qabul qilmadi.

Xosep Gvardiola jamoani tark etib, “Barselona”ga o‘tib ketgan Serxio Aguero o‘rniga kataloniyaliklar safidan Antuan Grizmanni olishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!