Grizmann guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi

  • 26 dekabr, 2022, 12:14
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann "matraschilar"ning guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi va ayni dam individual dastur ustida ishlamoqda.

Tecno

"AS" xabariga ko‘ra, 31 yoshli frantsiyalik futbolchi individual tarzda ishlashda davom etadi, shunga qaramay Antuan Ispaniya chempionatining 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Elche"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin. U Qatardagi jahon chempionati finalida o‘ynadi va tanaffus paytidan foydalanib, mashg‘ulotlarni davom ettirishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Antuan Grizmann "Atletiko Madrid" safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!