
Gretsiya chempionati. Bugun Jaloliddin Masharipov jamoasi o‘ynaydi
Bugun Gretsiya chempionatida 14-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Unda hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov to‘p tepadigan "Panserraikos" jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
"Olimpiakos"ga qarshi kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. Agar "Panserraikos" g‘alaba qozonsa, klub turnir jadvalida 7-pog‘onaga chiqib oladi.
Ayni vaqtda Masharipov jamoasi 13 ochko bilan 11-o‘rinda ketmoqda. "Olimpiakos" esa 28 ochko to‘plagan holda 4-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar