
"Gremio" super kambek amalga oshirdi. Suaresdan xet-trik!
Braziliya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan "Botafago" - "Gremio" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 3:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 6-daqiqada Diego Kosta hisobni ochgan bo‘lsa, 9-daqiqada Everton imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan so‘ng mezbonlar yana 2 ta gol urib, hisobni 3:1 ko‘rinishga olib keldi. Luis Suares esa 20 daqiqani ichida xet-trik qilib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, "Gremio" 59 ochko to‘plagan holda peshqadam "Botafago"ga etib oldi.
Fikrlar