
Grandlar nishonida turgan Husanovning o‘yini Evropada qanday baholandi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yili AQSh, Kanada va Meksikada bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish uchun o‘tkazilayotgan mintaqaviy saralash turnirida navbatdagi g‘alabasini nishonladi.
Bu gal Srechko Katanets shogirdlari Laosda tashkil etilgan bahsda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamoasi bilan kuch sinashdi.
Eldor Shomurodov va Otabek Shukurov singari etakchilarsiz o‘ynagan terma jamoamiz futbolchilari bu bahsda katta qiyinchilikka duch keldi. Bu uchrashuvda asosiy qahramonlar vazifasini yagona golni urgan Abbosbek Fayzullaev va shimoliy koreyaliklarning 11 metrlik nuqtadan bergan zarbasini qaytargan O‘tkir Yusupov bo‘ldi.
Frantsiya futbolini yoritayotgan qator manbalar, xususan, lensois.com sayti “Lans”da o‘ynayotgan Abduqodir Husanov tufayli O‘zbekiston milliy terma jamoasining uchrashuvlarini tahlil qilib bormoqda.
Bu nashr ekspertlari terma jamoamiz va Husano o‘yiniga quyidagicha baho berdi.
- Abduqodir Husanov 2026 yilgi jahon chempionatining Osiyo mintaqasi saralash turniri doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Laosda Shimoliy Koreya futbolchilariga qarshi o‘tkazilgan muhim uchrashuvda to‘liq o‘ynadi.
“Lans” himoyachisi va uning milliy jamoadagi jamoadoshlari qiyin o‘tgan bellashuvda 1:0 hisobida zafar quchdi.
Laosdagi to‘qnashuvda o‘zbeklar tanaffusga bir daqiqa qolganida Abbosbek Fayzullaevning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi tufayli hisobda oldina chiqib oldi.
Abduqodir Husanov etakchilik qilgan himoya chizig‘i vakillari qolgan daqiqalarda hisobni ushlab qolish va darvoza daxlsizligini saqlash uchun kurash olib bordi.
Koreyaliklarda o‘yinni qutqarish imkoni bo‘ldi. 83-daqiqada Umar Eshmurodov qizil kartochka oldi. Hakam penalti belgiladi. Lekin Chon Il Gvan uni aniq bajara olmadi. Darvozabon O‘tkir Yusupov zarbani qaytardi.
Bu g‘alabadan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 ochko bilan musobaqa jadvalida Erondan keyin ikkinchi pog‘onada bormoqda, - deb yozdi lensois.com sayti eksperti Klement Kurtua.
Ta’kidlash joizki, futbolchilarimiz Erondan uch ochko ortda qolmoqda. Uchinchi pog‘onadagi Birlashgan Arab Amirliklaridan esa, shuncha ballga oldinda.
Endi saralash turnirining qolgan uchrashuvlari keyingi yilning martidan boshlanadi. Srechko Katanets shogirdlari 2025 yil davomida 20 martda Toshkentda Qirg‘iziston va 25 martda safarda Eron bilan o‘ynaydi.
Saralashning so‘nggi ikki turini 5 iyunda Birlashgan Arab Amirliklari bilan safarda va 10 iyunda Qatarga qarshi Toshkentda o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng mashhur futbolchisiga aylanib bormoqda. 20 yoshli himoyachimizga Frantsiyaning PSJ va “Marsel”, Angliyaning “Tottenxem” va “Chelsi”, Germaniyaning “Bayer” kabi kuchli klublari da’vogarlik qilmoqda.
Husanov bo‘yicha so‘nggi ma’lumot: Abduqodirga beshta grand da’vogar!
Fikrlar
чайнавурасизларми?
ёзинглар ана, реал 100млнга олади деб