
"Golden Boy" sovrini uchun nomzodlar nomi ma’lum bo‘ldi
2019 yilgi "Golden Boy" sovrini uchun 40 ta nomzod nomi e’lon qilindi.
Nomzodlar: Matteys de Ligt («Yuventus»),Jeydon Sancho («Borussiya Dortmund»), Joau Feliks («Atletiko»), Kay Xavertts («Bayer»), Janluiji Donnarumma, Rafael Leau (ikkisi ham «Milan»), Filip Foden («Manchester Siti»), Matteo Genduzi, Ris Nelson (ikkisi ham «Arsenal»), Meyson Maunt («Chelsi»), Erling Xoland («Red Bull Zaltsburg»), Moyze Kin («Everton»), Jastin Klyuyvert, Nikolo Zanolo (ikkisi ham «Roma»), Rodrigo Goes, Vinisius Junior (ikkisi ham «Real»), Andrey Lunin («Valyadolid»), Alban Lafon («Nant»), Benua Badiashile («Monako»), Bubakar Kamara («Marsel»).
Ma’lumot uchun, "Golden Boy" mukofoti har yili Evropaning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida eng yaxshisi uchun beriladi. G‘olib sport jurnalistlari orasida so‘rovnoma o‘tkazgan holatda aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "Ayaks"da to‘p surgan "Yuventus" futbolchisi Matteys de Ligt sovringa loyiq ko‘rilgan.
Fikrlar