Golbol bo‘yicha mashg‘ulotlar faol olib borilmoqda

  • 2 avgust, 2022, 19:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni paralimpiya sport turlariga keng jalb etish va bu bo‘yicha ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Tecno

Golbol – yurtimizda yangi rivojlantirilayotgan sport turlaridan biri hisobalandi. Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida joylashgan 1-sonli sport maktabida aynan golbol sport turini rivojlantirish bo‘yicha faol harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, hozirda ushbu sport maskanida 30 ga yaqin zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz sportchilar trener Zulfiya Poliboeva qo‘l ostida golbol sport turi bo‘yicha shug‘ullanib kelmoqda.

Ta’kidlash kerakki, qo‘mita tomonidan joriy yil kuz oylarida golbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi va unda respublikamizning barcha xududlaridan jamoalar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!