
Gol va assist muallifiga aylangan Shomurodov eng yuqori ballga loyiq ko‘rildi! (foto)
Italiya A Seriyasi 12-turidan o‘rin olgan "Venetsiya" - "Roma" uchrashuvida mezbonlar kambek amalga oshirdi. 1:2 hisobida ortda borayotgan venetsiyaliklar qisqa vaqt ichida 2 bor darvozani ishg‘ol etdi.
"Bo‘rilar" kiritgan gollarda bevosita ishtirok etgan Shomurodov o‘z hisobiga gol va assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScored.com" sayti mazkur o‘yin uchun futbolchilarga qo‘yilgan ballarni taqdim etdi.
83-daqiqa harakat qilgan legionerimiz 8.4 ballga loyiq ko‘rildi. Bu maydonda harakat qilgan futbolchilar ichida eng yaxshisi hisoblanadi.
Fikrlar