
Germaniya futboli afsonasi faoliyatini yakunladi
Germaniya milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi va nemis futbolining tirik afsonasi Lukas Podolski proffesional faoliyatini yakunladi.
Uning Kyoln shaxridagi xayrlashuv uchrashuviga 50 000 tomoshabin tashrif buyurdi. 39 yoshli germaniyalik forvarddan tashqari, Manuel Noyer, Mats Xummels va Per Mertezaker kabi bir qancha yulduzlar mazkur tadbirda hozir bo‘lishdi.
Podolski Germaniya milliy terma jamoasi tarkibida 2014 yilgi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, 2006 va 2010 yillardagi Jahon chempionati, 2005 yilgi Konfederatsiyalar kubogi, 2012 va 2016 yillardagi Evropa chempionatlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan. 2008 yilgi Evrorpa chempionati finalida esa, Visente del Boske boshchiligidagi o‘sha mashhur va engilmas Ispaniya milliy terma jamoasiga imkoniyat boy berilgan.
Endilikda sobiq futbolchiga aylangan Lukas Podolski faoliyati davomida "Kyoln", "Bavariya", "Arsenal", "Inter", "Galatasaray", "Vissel Kobe", "Antalyaspor" va "Gurnik" jamoalarida to‘p tepgan. Milliy terma jamoa safida 2004-2017 yillar oralig‘ida umumiy 130 ta uchrashuvda maydonga tushib, 49 ta gol kiritgan.
Fikrlar