
Gandbol. Toshkent xalqaro turnirga mezbonlik qilmoqda
Toshkentda gandbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida "IHF TROPHY" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
17 va 19 yosh toifalarida kechayotgan bellashuvlarda 4 mamlakat vakillari g‘oliblik uchun bahs olib boryapti. U17 yosh toifasidagi qizlarimiz birinchi turda Hong Kongga qarshi bahs olib borib, yirik 34:13 hisobida g‘alaba qozonishdi. 19 yoshli qizlarimiz esa ilk uchrashuvda Hindistonni 44:37 hisobida dog‘da qoldirishdi.
Reglamentga ko‘ra, musobaqa 11 noyabrga qadar davom etadi. Ungacha jamoalar aylana tizimida o‘zaro 2-martadan bahs olib borishadi.
Fikrlar