
"Galatasaroy" argentinalik futbolchini sotib olmoqchi
Mavsumni "Yuventus"da ijarada o‘tkazgan Leandro Paredesga "Galatasaroy"dan taklif bor. Turkiya klubi PSJ bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Ushbu transfer "sherlar"ga 4 million evroga tushishi mumkin.
Paredesning o‘zi hali so‘nggi qarorni chiqargani yo‘q. Unga "Latsio" va Argentina klublaridan ham qiziqishlar bor.
Paredesning PSJ bilan tuzilgan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi. U Luis Enrikening rejalariga kirmaydi va Frantsiya klubi yarim himoyachiga kelgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar