Gakpo MYuga o‘tishga tayyor. Transfer hal bo‘lish arafasida

  • 26 dekabr, 2022, 17:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi va PSV klubi futbolchisi Kodi Gakpo "Manchester Yunayted"ga o‘tishga shay holatda. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchi "qizil iblislar" bilan shaxsiy bandlar bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan. Endi faqat ikki klub transfer summasini kelishishi qoldi, xolos. Niderlandiyalik iste’dod egasining narxi 55-60 million evro atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Gakpo Qatardagi mundialda ajoyib o‘yin namoyish etib, 5 ta bellashuvda o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!