
Futbolchini haqorat qilgan nogiron muxlis jazolandi
"Liverpul"-"Bornmut" uchrashuvida mehmonlar futbolchisini haqorat qilgan muxlis Britaniya stadionlariga kirishi taqiqlandi.
"Bornmut" klubi a’zosi Antoni Semeno APL 1-turidan o‘rin olgan "Liverpul"ga (2:4) qarshi o‘yinda irqiy haqoratlarga uchradi, hakam 29-daqiqada o‘yinni to‘xtatdi. Xabar qilinishicha, buni "qizillar"ning nogironlar aravachasidagi 47 yoshli muxlisi amalga oshirgan, u "Enfild"dan haydalgan. 16 avgust kuni politsiya muxlisni hibsga oldi.
Mersisayd politsiyasining ma’lum qilishicha, shanba kuni irqiy sabablarga ko‘ra jamoat tartibini buzganlikda gumonlanib qo‘lga olingan Liverpul fuqarosi garov evaziga ozodlikka chiqarilgan.
Erkakka Buyuk Britaniyaning barcha futbol stadionlariga kirish man etilgan. O‘yinlar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan har qanday arenaga bir mildan (1609 metr) yaqinlashish taqiqlandi.
Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda, politsiya "Liverpul" bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Fikrlar