Frensis Ngannuga kikboksing yulduzi "vyzov" tashladi

  • 7 dekabr, 2024, 02:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Afsonaviy kikbokschi Riko Verxuven sobiq UFC chempioni, frantsiyalik Frensis Ngannuga qarshi professional boks qoidalari bo‘yicha jang qilmoqchi ekanini aytdi.

Tecno

“Ngannu bilan bo‘ladigan jangimiz  muxlislarda katta qiziqish uyg‘otishi aniq. Bu 2 ta turli xil sport turlarida chempion bo‘lganlar o‘rtasidagi ajoyib to‘qnashuv bo‘lardi. Men uzoq vaqtdan beri kikboksing chempioniman, Frensis esa aralash yakkakurashlar ustasi. Biz Saudiya Arabistonida ushbu jangni muhokama qildik. Men uchun professional boks begona  emas. Boks  murabbiyi Piter Fyuri bilan birga  uzoq vaqtdan beri shug‘ullanib boraman. Shu bois menimcha, salohayatim Ngannudan yuqori", - deya Verxuvenning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting".

Eslatib o‘tamiz, Frensis so‘nggi jangida Renan Ferreyrani 1-raunddayoq mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!