
Frantsiyada Husanov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti
Frantsiya chempionatidagi birinchi o‘zbek futbolchisi – Abduqodir Husanov beshinchi turga kelib, Liga 1da debyutini nishonladi.
“Lans” bosh murabbiyi Frank Xeyz asosiy markaziy himoyachilar – Fakundo Medina diskvalifikatsiyaga uchragani hamda Massadio Xaydarani jarohati bezovta qilgani olgani bois, “Mets”ga qarshi o‘yinda Abduqodir Husanovni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi.
Uchrashuvda lansliklar o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida mehmonlarga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Biroq “Lans” muxlislari shu kuni o‘zlari uchun yangi nomni kashf qildi. 72 daqiqa harakat qilgan Abduqodir shu kuni maydondagi eng zo‘r o‘yinchilardan biri bo‘ldi.
Frantsiya futbolini yoritayotgan manbalarning aksariyati “Lans” tarkibida eng yaxshi o‘yinchi 19 yoshli o‘zbek futbolchisi bo‘lganini yozmoqda. Husanov yosh bo‘lishi va kuchli beshlik chempionatlarida ilk bor maydonga tushganiga qaramay, katta salohiyat va mahoratga ekanini namoyish qildi.
Nufuzli manbalardan biri - https://le11hdf.fr sayti jurnalisti Entso Paylo Husanovning o‘yinini quyidagi tahlil qildi.
- “Lans” tushib qolgan zulmat ichra yagona uchqun paydo bo‘ldi. Bu Abduqodir Husanov. Fakundo Medina va Massadio Xaydaraning yo‘qligi tufayli o‘yinda qatnash imkoniga ega bo‘lgan 19 yoshli o‘zbek futbolchisi joyi asosiy tarkibda ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.
Qanday qilib?
Abduqodir Husanov uchrashuv avvalidan boshlab, sodda va oddiy, lekin juda samarali o‘yin namoyish qildi. Statistikaga ko‘ra, ikki marta uzoq masofadan xavfli zarba yo‘lladi. Uch marotaba uzoqdan qulay pas berdi. To‘rt marta murakkab vaziyatdan sovuqqonlik bilan chiqib ketdi.
Husanov yakkama-yakka kurashlarda uch bor raqibidan ustunlik qildi. Faqat Machado bilan bir-birini yaxshi tushunmagani bois bir marta kichik xatoga yo‘l qo‘ydi xolos.
72-daqiqada Andi Diufga joyini bo‘shatib bergan Abduqodir Husanovga “Bollart” stadioni olqish bilan kuzatib qo‘ydi, - deb yozdi Entso Paylo.
Yana bir nufuzli sayt - https://www.lensois.com jurnalisti Eloiza De Mester “Lans” –“Mets” uchrashuvida mezbonlar tarkibidagi eng yaxshi va eng yomon o‘yinchilarni aniqladi.
- Bu “Lans” yana bir yoki ikki bo‘lim to‘p tepishi mumkin edi, biroq shunda ham raqib darvozasini topa olmasdi. “Mets”ga qarshi to‘qnash kelgan jamoa yana qoqildi. “Lans” 31 ta zarba yo‘lladi. Lekin raqib ikkita zarbadan birini golga aylantirdi. Bu jarayonda bitta qoniqarli hodisa va juda ko‘p xatolarni ko‘rish mumkin.
Eng yaxshi futbolchi:
Abduqodir Husanov – yosh o‘zbek futbolchisining ajoyib debyuti. “Lans”ning boshlang‘ich tarkibida maydonga tushib kelgan uch nafar markaziy himoyachi endi joyidan xavotir olishi kerak. O‘zbek himoyachisi chap tomondan kelgan barcha hujumlarni bartaraf etdi. Kurashlarga o‘z vaqtida qo‘shildi, oldinga o‘ynadi va bexato joy tanladi. 84 marta to‘pga tegindi, paslarining 92 foizi jamoadoshlariga aniq etib bor. Biz Abuqodir Husanovni yana boshlang‘ich tarkibda kutamiz.
Ishonchni oqlamagan o‘yinchilar:
Edrian Tomasson o‘yinga hech qanday ta’sir o‘tkaza olgani yo‘q. Juda sekin va og‘ir harakat qildi. Bor-yo‘qligi bilinmadi.
Salis Abdul Samed o‘yinga qo‘shila olmadi. Ko‘pinchi to‘pni ortga, himoyachilarga uzatish bilan kifoyalandi. Yuqoridan kelgan to‘p uchun kurashda raqiblarga imkoniyatni boy berdi.
Jonatan Gradit “Mets” bilan o‘yinda o‘ziga o‘xshamadi. To‘pni ko‘p yo‘qotdi. Kutilgan o‘yinni namoyish qilmadi, - deb yozdi Eloiza De Mester.
"Lans" Frantsiya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 24 sentyabr kuni o‘z maydonida "Tuluza" futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.
Ungacha lansliklar 20 sentyabr kuni Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida birinchi tur o‘yinida Ispaniyaning "Sevilya" jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Rossiya futbolining eng yorqin yulduzlari endi Fayzullaevga muxlislik qiladigan bo‘ldi
Fayzullaev nega tabrikni qabul qilmadi?
TsSKA bosh murabbiyi Abbosbek Fayzullaev haqida nimalar dedi?
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
Tezkor: Bugun “Lans” Husanovni o‘ynatishga majbur. Sababi...
Mbappeni olishni hech kim taklif qilmagani uchun Shomurodov olindi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar