
Formula-1'ning yangi jamoasi 2026 yilgi mavsum uchun ikki poygachisini tanishtirdi
Formula-1'ning kelgusi mavsumida "Kadillak"ning asosiy haydovchilari meksikalik Serxio Peres va finlandiyalik Valtteri Bottas bo‘ladi. Bu haqda Amerika jamoasining matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 25 noyabr kuni Formula-1 General Motors va uning "Kadillak" brendi bilan "qirollik poygalari"da ishtirok etish bo‘yicha printsipial kelishuvga erishganini tasdiqlagan edi. AQShning poyga jamoasi 2026-yilgi mavsumdan boshlab Formula-1ning 11-jamoasi sifatida qo‘shiladi.
Bottas hozirda Germaniyaning Formula-1 jamoasi "Mercedes"ning zaxira haydovchisi hisoblanadi. Peres esa o‘tgan mavsum yakunida "Red Bull" jamoasini tark etgan edi.
Fikrlar