Flik: "Dam olish Yamal uchun foydali bo‘ldi"

  • 19 oktabr, 2024, 21:18
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xans-Diter Flik Lamin Yamalning yaqin orada "Barselona" o‘yinlariga tayyorligini baholadi.

Tecno

- Yaxshi holatdamiz. Ertaga "Sevilya"ga qarshi o‘ynaymiz va maydonda o‘n bitta eng yaxshi o‘yinchi bo‘ladi.

Dam olish Yamal uchun foydali bo‘ldi. Men De La Fuentega rahmat aytaman. U bizga yordam berdi. Lamin o‘ynashga tayyor, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik.

Ma’lumot uchun, 17 yoshli vinger Millatlar ligasida Daniya bilan o‘yinda son mushaklaridagi kichik jarohat tufayli Ispaniya terma jamoasini muddatidan oldin tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!