
Flik “Barsa”dan bu futbolchini sotmaslikni talab qildi
“Barselona” rahbariyati moliyaviy holatni yumshatish uchun yozgi transferlar vaqtida qimmatbaho o‘yinchilardan biri Ronald Arauxoni sotib yuborishni rejalashtirayotgan edi.
Kataloniya klubining yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik urugvaylik himoyachining transferini blokladi.
Sport.es saytining yozishicha, germaniyalik mutaxassis Arauxoga o‘z loyihasida muhim vazifalarni yuklamoqchi.
Flik talabidan keyin klub rahbariyati Arauxo bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni qayta tikladi.
Bu futbolchiga “Bavariya”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi”dan jiddiy chorlovlar bo‘layotgani bois, klub mutasaddilari transferga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
Fikrlar