
FIFA Vengerni ishga taklif qildi
“Arsenal” sobiq ustozi Arsen Venger faoliyatini FIFAda davom ettirishi mumkin.
Le Parisien nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, FIFA frantsiyalik mutaxassisga texnik rivojlantirish bo‘yicha bo‘limga mas’ul lavozimini taklif qilgan. Manbada yozilishicha, Venger bu taklifni qabul qilishga ikkilanmoqda.
Avvalroq berilgan ma’lumotlarda Venger PSJda sport direktori lavozimini egallashi mumkin edi.
Fikrlar