FIFA Eronning "JCH-2026"da ishtirok etishi bo‘yicha bayonot berdi
- 16-апрел, 23:01
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
FIFA prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasi 2026 yildgi Jahon chempionatida ishtirok etishini tasdiqladi.
“Eron mundialda ishtirok etadi. Bu aniq. Umid qilamizki, turnir boshlanguniga qadar vaziyat barqarorlashadi. Terma jamoa kelib, o‘z mamlakatini munosib tarzda namoyon etishi kerak. Futbolchilar o‘ynashni istaydi. Sport siyosatdan tashqari bo‘lishi lozim”, — dedi Infantino.
Ma’lumot uchun, Eron guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q