Fayzullaev yangi jamoa tanlashida kimlarning “qo‘li” borligi oshkor bo‘ldi

  • 17 iyul, 06:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va TsSKA  hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev faoliyatini Turkiya Superligasining “Istanbul Bashakshehir” klubida davom ettirishi haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.

Tecno

Turkiyalik taniqli jurnalist Usmon Altunterim o‘zining manbalariga tayangan holda “Bashakshehir”dan Abbosbek Fayzullaev transferiga oid ichki ma’lumotlarni olib, ularni muxlislar e’tiboriga havola etishga urinmoqda.

- To‘g‘risini aytsam, transfer bo‘yicha intensiv muzokaralar qariyb 20 kundan beri davom etmoqda. Abbosbek Fayzullaev transferga rozilik bergan. Uning O‘zbekiston terma jamoasidagi do‘sti Eldor Shomurodovning “Bashakshehir” safiga ko‘chib o‘tgani ham tanlovda muhim ahamiyat kasb etdi.

Biroq eng asosiysi, “Manchester Siti”ga egalik qiluvchi City Football Group xoldingi “Bashakshehir”ning hamkori hisoblanadi. Fayzullaev kelajakda Evropa top-ligalarida o‘ziga joy hozirlash uchun “Bashakshehir” bilan aloqalaridan foydalanishni maqsad qilgan ko‘rinadi.

Men klubdan transfer uchun to‘lov usullari haqida aniq ma’lumot olganim yo‘q. Biroq summa 7,5 million evro va qo‘shimcha bonuslarni o‘z ichiga oladi. Xabar tez orada rasman tasdiqlanishi kutilyapti, - dedi Usmon Altunterim.

Yana bir mashhur insayder Ivan Karpov ham Abbosbek Fayzullaev transferi City Football Group xoldingi tashabbusi bilan amalga oshirilayotganini tasdiqladi.

-  Abbosning TsSKAdan transferi – “Istanbul Bashakshehir”ning Shayx Mansur xoldingiga kirishi natijasidir.

Aynan uning mutaxassislari “Istanbul Bashakshehir”ga O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisini olishni tavsiya qilgan, - deb yozdi insayder Ivan Karpov.

O‘z o‘rnida, Rossiya futbolidagi taniqli shaxslar Abbosbek Fayzullaevning Premer-ligadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirmoqda.

- Fayzullaevning ketishi nafaqat “armiyachilar” uchun, balki butun Rossiya futboliga ham yo‘qotish bo‘ladi. Abbosbek juda samarador futbolchi ekanidan tashqari, uning o‘yinlari odamga huzur bag‘ishlaydi.

Bu transfer hozir foydalimi? Fayzullaevni atigi 500 ming evroga olishgan. Gap boshqa tomonda. Agar O‘zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yili jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatsa, Fayzullaevni katta summaga transfer qmlish imkoniyati tug‘iladi.

Abbosbekning nuqtai nazaridar, har holda Moskva fantastik shahar, uga Turkiyada qay darajada qulay bo‘lishini aytish qiyin. Nma bo‘lganda ham Turkiya xuddi O‘zbekiston kabi musulmon davlat, shu bois, Fayzullaevning o‘zi, agentlari va ota-onasi bu haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rgan, - dedi “Lokomotiv Moskva” klubi sobiq vitse-prezidenti Yuriy Belous.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaevni TsSKA 2023 yilning avgustida o‘z safiga qo‘shib olgan. “Paxtakor” bu transferdan 500 ming evro olgani qayd etilgan.

Abbosbek Fayzullaev legioner sifatidagi dastlabki mavsumidayoq o‘zini ko‘rsata oldi va Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi. Bundan tashqari, Fayzullaev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi  nominatsiyasida ham g‘olib chiqdi.

Bu yil legionerimiz Rossiya futbolidagi dastlabki sovrinlarini qo‘lga kiritdi. Abbos Fayzullaev TsSKA safida mamlakat chempionatining bronza medaliga ega chiqdi, kubok va Superkubok sohibiga aylandi.

Fayzullaev “armiyachilar” safiga ko‘chib o‘tganidan beri barcha turnirlarda 72 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 22 ta assist rasmiylashtirdi.

Fayzullaev Evropa top-ligalariga Turkiya orqali boradi

Husanov? Gvardiola talabi bilan “Siti” olti futbolchidan voz kechadi

Tezkor: Fayzullaev transferiga narx belgilandi!

Fayzullaev birorta o‘zbek futbolchisi erishmagan natijani qayd etdi

O‘zbek legioneri transferdan norozi fanatlarga zo‘rligini isbotlashi kerak!

Mashhur futbolchi Husanovga yordam beradigan bo‘ldi

Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!