
Fayzullaev Chempionlar ligasida o‘ynaydi...
TsSKAdagi debyut mavsumini yuqori darajada o‘tkazayotgan Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasining eng kuchli futbolchilari qatorida e’tirof etilmoqda. Moskva klubiga ko‘chib o‘tganidan keyin legionerimiz jami 15 ta uchrashuv maydonga tuo‘shib, ikkita gol va ettita assist qayd etdi.
Bugun muxlislaru mutaxassislar, jurnalist e’tibori Abbosbek Fayzullaevga qaratilgan. “Match TV” jurnalistlari futbolchimizning amakivachchasi Abrorbek Ergashev bilan intevryu uyushtirib, Abbosbek haqida yangi ma’lumotlar olishga harakat qildi.
— Hozir Rossiyada ko‘chilik Abbosbek ayni paytda eng kuchli va salohiyati yuqori futbolchilardan biri ekanini ta’kidlamoqda. Bu fikrga qo‘shilasizmi?
— Ha, albatta!
— Uning TsSKAdagi hozirgi faoliyatini qanday baholaysiz?
— Zo‘r o‘ynayapti!
— 10-raqamni olish niyati yo‘qmi?
— Yo‘q, unga 21-raqam nasib qilgan. 10-raqamda hozir Oblyakov o‘ynayapti. Ayni paytda Abbosga bu raqam kerak emas.
— Ko‘pchilik Fayzullaevni Lionel Messiga qiyoslaydi. Bunga qanday qaraysiz?
— Holi taqqoslashga juda erta. Hozir yaxshi o‘ynayapti, kelajakda nima bo‘lishini ko‘ramiz.
— Besh yildan keyin Abbos “Oltin to‘p”ni sohibi bo‘lishi mumkinmi?
— Xudo xohlasa, shunga umid qilamiz. “Oltin to‘p” har bir futbolchining orzusi!
— Abbos zo‘r o‘ynashda davom etsa, Evropa chempionatlaridan takliflar kelishi mumkin. Uning qaysidir ligada o‘ynash orzusi bormi?
— Ha, hamma futbolchilar Evropa Chempionlar ligasida o‘ynashni istaydi. Umid qilamizki, Abbos ham qachondir bu turnirda o‘ynaydi.
— Yurtingizda Abbosning fan-klubi bormi?
— Ha, yaqinda u O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynaganida butun stadion, 30 ming kishi uning nomini aytib olqishladi. Uni juda yaxshi ko‘rishadi. U “kichik Messi”.
20 yoshli Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. TsSKA uni avgust oyida transfer qildi. “Paxtakor”ga bu transfer 500 ming evro keltirdi.
Ayni paytda Abbosbek Fayzullaevning narxi keskin ko‘tarilgan. Transferga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali ekspertlari o‘zbek futbolchisining transfer summasini 2 million evroga baholamoqda.
Fayzullaev kuchli uchlikka “yorib” kirdi!
“Barselona” faxriysi Fayzullaevga maslahat berdi
Fikrlar