
Fayzullaev, Husanov va Abdurahmatov. "Transfermarkt" Osiyo kubogida qatnashgan 3 nafar futbolchining narxi "uchdi"
"Transfermarkt" portali Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etgan futbolchilarning narxini yangiladi. O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi ham bu borada o‘sishga erishdi.
Moskvaning TsSKA klubi vingeri Abbosbek Fayzullaevning narxi 1 million evroga yuqorilab, hozirgi narxi 5 millionga etdi. "Lans" safida harakat qilayotgan legionerimiz Abduqodir Husanovga 500 ming evro qo‘shildi va uning narxi 2 millionga etdi.
"Nasaf" himoyachisi Zafarmurod Abdurahmatovga esa 150 ming qo‘shildi va endi uning narxi 500 ming evro.
Fikrlar