
Faxriylar Oliy ligasi. 1-turning barcha natijalari
7 maydan yangi musobaqa +40 Faxriylar Oliy ligasining 1-tur uchrashuvlariga start berildi. 12 ta jamoa ishtirok etayotgan ushbu musobaqaning birinchi kunida uchta o‘yin o‘tkazilgan bo‘lsa, 8 may kuni ham uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaga mehmon sifatida taklif etilgan Toshkent viloyatining "SSB Lochinlari" hamda Qo‘qon shahrining "Qo‘qon-1912" jamoalari ishtiroki ko‘pchilikni xursand qildi. Nasib qilsa, bu musobaqa Respublika darajasiga chiqishidan umidvormiz.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli stadionda o‘tkazilgan 1-tur natijalarini keltirib o‘tamiz.
7 may, shanba
"Olmazor" - "Vatanparvar" 5:2
Gollar: Nuriddin Boboev, Shukurov Begzod (2ta), Umar Husanov, Viktor Karpenko - Ro‘zioxunov Hojiakbar, Bahromov Mahmud.
"Sardor" - "Bo‘ston" 4:1
Gollar: Bekmonov Saidnabi, Yo‘ldoshev Baxtiyor, Turdimatov Zokir (2ta) - Ortiqov Ikrom
"Aviator" - "Olimp" 5:3
Gollar: Atabaev Otabek (3ta), Tursunboev D, Vadim Nichunaev - Bektoshev D (2ta), Saidov A.
8 may, yakshanba
"Burgut" - "Spartak" 1:4
Gollar: Ro‘zmatov Abduvosil - Mirzaahmedov Ma’ruf (2ta), Rasulov Shavkat (2ta).
"Evrotim" - "Intersport" 0:1
Gol: Pavel Solomin
"SSB Lochinlari" - "Qo‘qon-1912" 1:3
Gollar: Abdullaev Jasur - Umaraliev Vohid, Elibaev Sodir (2ta)
Fikrlar