FarDU yangi mavsumni "Istiqlol"da o‘tkazadi

  • 20 dekabr, 2024, 18:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Farg‘ona davlat universiteti futbol jamoasi 2024 yilgi mavsumni Birinchi ligada munosib o‘tkazib, pley-off o‘yinlari yakuniga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni egallagandi. Ayni vaqtda FarDU Pro liga musobaqasida ishtirok etish uchun Liga tomonidan belgilangan talablarni bajarish ustida ishlamoqda.

Shunday talablardan biri stadion masalasi edi. Farg‘ona davlat universitetiga qarashli stadionda hozirga qadar qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, endilikda universitet ikki asosiy masala — maydon chimi hamda uni yoritish masalasi ustida ishlamoqda. Biroq bu ishni amalga oshirish vaqt talab etishidan kelib chiqib, FarDU 2025 yilgi mavsum uy uchrashuvlarini "Istiqlol" stadionida qabul qilish bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzoladi.

Ma’lumot uchun, Superliga futbol klublari 25 dekabr sanasiga qadar stadion masalasini hal qilishi lozim. FarDU esa Superliga jamoasi bo‘lmagani holda birinchilardan bo‘lib stadion masalasidagi kelishuvni Ligaga taqdim etdi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!