
Faqatgina shu jamoaga o‘taman! Uilyamsga boshqa klublarning taklifi qiziq emas
"Atletik" va Ispaniya terma jamoasining hujuchisi Niko Uilyams faqatgina ikki klub tarkibida bo‘lishni istaydi.
"Diario Sport" jurnalistlarining xabar berishicha. 22 yoshli vingeri Kataloniyaning "Barselona" klubiga o‘tish yoki "Atletik"da qolishni maqsad qilgan. Uilyams boshqa takliflarni ko‘rib chiqishni xohlamayapti.
Avvalroq Nikoning xizmatlariga "Arsenal", "Real" va "Bavariya" kabi klublarning qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda hujumchi basklar jamoasining 45 ta o‘yinida ishtirok etdi. Yarim himoyachi 11 ta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar